Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 158taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 8 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik holatlari soni 8taga oshib, 158 nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu infeksiya shu yilning 12 martida Turkiyada bo‘lib, kasalligi tasdiqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 2 nafar namanganlik, ikkinchi marhum bilan yaqin muloqotda bo‘lgan asli navoiylik 2 nafar kishida, ya'ni ona va bolada, shuningdek, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4 nafar toshkentlik fuqaroda aniqlandi», deyiladi vazirlik ma'lumotida.
O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgandi. O‘tgan vaqt mobaynida bemorlarning 7 nafari sog‘aydi, 2 kishi vafot etdi. Davolanayotgan bemorlarning 20 nafarida pnevmoniya holati kuzatilmoqda. 8 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 4 nafarining ahvoli nisbatan og‘irligi ma'lum qilingan.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanishning 785,8 mingdan oshiq holati qayd etilgan, shundan 37 820 kishi vafot etgan, 165,6 mingdan ortiq kishi sog‘aygan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025