O‘zbekiston | 20:37 / 31.03.2020
10327
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida masofaviy ta'lim yo‘lga qo‘yildi

Foto: tiiame.uz

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida o‘quv jarayonini uzluksizligini ta'minlash va talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida YouTube hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining kanallari orqali fanlarga oid institut professor-o‘qituvchilarining videoma'ruzalari joylashtirildi.

Barcha muhandislik OTMlari talabalari uchun ushbu video ma'ruzalar haftaning dushanba-juma kunlari «MY5» telekanalida namoyish etilmoqda.

Shuningdek, 2019-2020 o‘quv yili bahorgi davra fanlari bo‘yicha moodle.tiiame.uz masofaviy ta'lim tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tizimga 22ta ta'lim yo‘nalishi va 26ta magistratura mutaxassisliklarida o‘qitilayotgan 375 fandan barcha o‘quv-me'yoriy hujjatlar joylashtirildi va institutning 273ta guruh talabalariga Moodle elektron tizimiga kirish va undan foydalanish uchun login va parol berildi.

Hozirda institutda Moodle tizimi, Telegram messenjeri, Google Forms tizimlaridan foydalanib, talabalar bilan onlayn shaklda mashg‘ulotlarni o‘tish, mustaqil topshiriqlarni qabul qilish va talabalar bilimini baholashni amalga oshirib kelmoqda.

 

Mavzuga oid