Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik shifokor koronavirusning yengil alomatlariga ega bemorlarni ham karantinga olishga chaqirdi
Italiyaliklarga koronavirusga qarshi kurashda yordamlashayotgan xitoylik shifokor kasallikning har qanday alomatiga ega bemorlarni shifoxonaga yotqizishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday shaxslarni uyda karantinda qoldirish – Uhan ssenariysiga o‘xshash falokatga olib keladi. Chunki ularning hammasi ko‘rsatmalarni 100 foiz bajarmaydi.
Foto: REUTERS / China Daily
30 mart kuni xitoylik shifokor COVID-19 kasalligini davolash bilan bog‘liq achchiq tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, ayni paytda xitoylik shifokorlarning bir guruhi Italiyada mahalliy hamkasblariga yordam bermoqda. Ulardan biri Sichuan universiteti G‘arbiy Xitoy shifoxonasi respirator kasalliklari bo‘limi boshlig‘i Lyan Tszun An koronavirus yuqtirib olganlarni uyda davolash natijasida epidemiya yanada xuruj olishini aytdi.
Lyan so‘zlariga ko‘ra, Uhanda yengil alomatlarga ega va shifokorlar nazoratiga muhtoj bo‘lmagan ba'zi bemorlar uyda qoldirilgan. Yakunda esa karantin shartlarini buzib, ko‘chaga chiqishgan va boshqa odamlar bilan kontaktda bo‘lishgan yoki o‘z oila a'zolariga kasallikni yuqtirishgan. Qayd qilish joizki, Xitoydagi kasallanganlarning eng ko‘pi aynan Uhan shahridan bo‘lgan.
Koronavirusning tezkor tarqalishining oldini olishga yordam bergan yagona chora – nihoyatda qattiq karantin bo‘lgan. Xubey viloyati ma'muriyati stadion, ofislar va maktablarni kasallik darajasi qanday bo‘lishidan qat'i nazar, barcha uchun vaqtinchalik shifoxonaga aylantirishgan. Shundan so‘ng COVID-19 tarqalishi pasaygan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy 30 mart kuni koronavirus epidemiyasiga barham berilganini e'lon qildi. O‘tgan kun davomida mamlakatda kasallik yuqtirib olganlar soni atigi 3 mingni tashkil qildi. Xubey viloyati esa karantinni bekor qildi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025