Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda himoya niqobi ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 1 oyda 9 barobarga oshdi
Joriy yilning 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida koronavirusning aholi orasida keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tibbiyot niqoblari va xalatlarini ishlab chiqarish hajmi kuniga 5 million donaga yetkazish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berilgandi.

Foto: Getty Images
Kun.uzʼga ma'lum qilinishicha, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan respublika hududida joylashgan to‘qimachilik korxonalari ayni paytda o‘rganildi va mavjud quvvatlarni oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.
31 mart holatiga ko‘ra, himoya niqoblarini ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 195taga yetgan va mart oyining 1-sanasiga nisbatan 9,3 barobarga oshdi. Niqoblar ishlab chiqarishning kunlik hajmi 2 million 640 ming donani tashkil etmoqda. Tibbiyot xalatlari (kombinezonlar)ni ishlab chiqarish kunlik 9 ming donani va tibbiyot dokalari 398 ming pogon metrni tashkil etmoqda, korxonalar soni 24taga yetdi.
Himoya niqoblari respublikaning deyarli barcha viloyatlarida ishlab chiqarilib, eng ko‘p niqob Toshkent viloyatida (404 ming dona), Toshkent shahrida (283 ming dona), Qashqadaryo viloyati (232 ming dona) ishlab chiqarilmoqda.
Niqob ishlab chiqaruvchi korxonalar soni bo‘yicha birinchi uchtalikdan Buxoro viloyati -28ta, Toshkent shahri - 20ta, Qashqadaryo - 19ta joy olgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan korxonalar soni va hajmlar uyushma tomonidan monitoring o‘rnatilgan korxonalarga taalluqli bo‘lib, real ishlab chiqarish hajmlari bu ko‘rsatgichlardan farqlanishi mumkin.
Hozirda niqob ishlab chiqarishni 5 million donaga oshirish borasida ishlar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Birjada Ai-80 benzini narxi tarixiy maksimumga yetdi
Iqtisodiyot | 20:58
-
Baxtiyor Saidov Xitoy raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:30
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi
Jamiyat | 20:19
-
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
O‘zbekiston | 19:39
Mavzuga oid

18:19 / 09.02.2024
Qozog‘istonda tibbiy niqob taqish rejimi qaytadan joriy qilindi

17:29 / 22.04.2022
Ozarboyjonda majburiy niqob taqish rejimi bekor qilinadi

18:35 / 14.03.2022
Moskvada niqob taqish rejimi bekor qilindi

17:10 / 11.03.2022