Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan mahallalar uchun ko‘chma yarmarkalar tashkil etilmoqda
Karantin davrida Toshkent shahridagi tuman hokimliklari tomonidan dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan mahallalar uchun ko‘chma yarmarkalar tashkil etilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Tadbir Mirobod tumanida 28 mart kunidan boshlangan bo‘lib, har kuni 3tadan mahallaga 350-400 kg kartoshka, 100 kg atrofida guruch, 5-6 quti pista yog‘i, 360-400 dona tuxum hamda 150-200 kg piyoz mahsulotlari olib borib, sotilmoqda.
«Bugun oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan mashinalar Mirobod tumanining «Movaraunnahr», «Yuksalish» va «Sariko‘l» mahallalariga yetib bordi va savdo jarayoni ketmoqda.


Mirobod tumanida jami 39 ta mahalla bo‘lib, shundan 32 tasi dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan. Tadbir davomida mazkur 32 ta mahallaga ro‘zg‘or uchun zarur mahsulotlar yetkazib beriladi.
Bu aholiga uyidan uzoqqa bormay, o‘zi va yaqinlarining xavfsizligini ta'minlagan holda zarur xaridni amalga oshirishini ta'minlaydi», deyiladi xabarda.


Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlarini uyda qolishga chaqirgan.
«Hurmatli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari, barchangiz biz uchun qadrlisiz.
Shunday ekan, uyda qoling va o‘zingiz hamda yaqinlaringizni ehtiyot qiling», – deya ta'kidlangan hokimlik bildirishida.
Mavzuga oid
20:31 / 13.05.2026
Toshkentda “Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” metropoliten liniyasi quriladi
18:15 / 12.05.2026
Toshkentda ko‘cha bo‘yidagi drenaj ariqchasi beton bilan to‘ldirib tashlandi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
18:41 / 11.05.2026