Xayriyalarni markazlashtirish kasallik alomati bor shaxslar xonadonlarga kirib qolishini cheklaydi - vazirlik
Keyingi 5 kun davomida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga yordamga muhtoj fuqarolarning uylariga olib borilayotgan xayriya mahsulotlari karantin qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda yetkazib berilayotganini bilish maqsadida 494ta murojaat yuborilgan.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova AOKAda o‘tkazilgan brifing chog‘ida ayrim xonadonlarga ustma-ust yordam berilgani holda, ayrim xonadonlar e'tibordan chetda qolayotgani haqida ham vazirlikka 200ga yaqin norozilik murojaatlari yuborilganini ta'kidladi.
«O‘rganishlar natijasida ba'zi oilalar haftasiga 4 martalab moddiy yordam olganda ba'zilari 1 oy davomida bir marta ham ko‘mak olmaganini o‘rgandik va bu holatlar tahlil qilindi», deya qayd etdi vazir o‘rinbosari.
Elmira Bositxonova kabi murojaatlar inobatga olingan holda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashabbusi bilan Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tashkil qilinganini aytib o‘tdi.
«Xayriyalarni markazlashtirish orqali karantin davrida muloqotlar maksimal darajada cheklanadi va o‘zida kasallik belgisi mavjud biror shaxsning xonadonlarga kirib borishining oldi olinadi. Bundan tashqari, bu yo‘l bilan xayriyalar shaffofligi ham ta'minlanadi.
Tadbirkorlarga hech qanday qarshiligimiz yo‘q, ularning homiylik xatti-harakatlarini to‘la quvvatlaymiz. Ammo ko‘rsatilayotgan yordamlar mahallalar bilan kelishgan holda tibbiy ko‘rik va sanitariya talablariga muvofiq oilalarga olib kirilishi zarur», deya Elmira Bositxonovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, «O‘zekspomarkaz»da alohida xayriya markazi ish boshladi. Kechaning o‘zidayoq markazda 5 tonna yog‘, 10 tonna piyoz, 5 tonna guruch, 2 turdagi jami 20 tonna makaron, 10 tonnadan ortiq kartoshka, 5 tonna shakar, 10 ming dona niqob, 20 ming dona qo‘lqop, 5 ming dona bir martalik kombinezon to‘plangan.
Bugun Toshkent shahrida 350ta xonadonga 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi.
«Yetkazib berish uchun Toshkent shahrining har bir tumaniga 2tadan «Damas» avtomashinasi ajratildi.
Bu transportlar har bir mahallaga kirib chiqqandan so‘ng to‘liq sanitar ishlovdan o‘tkaziladi. Ko‘ngillilarimiz mahalla raisi hamrohligida yordamlarni oilalarga yetkazadi. Bu ishlar masofa saqlagan holda va karantin talablariga to‘liq rioya qilingan holda bajariladi», deya ma'lumot berdi Elmira Bositxonova.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Eronda 9 ta atom bombasi uchun yashirin uran zaxiralari bo‘lishi mumkin
Jahon | 10:10
-
Xitoylik talabalarni O‘zbekistonda ta’lim olish uchun jalb qilish yuzasidan bitim imzolandi
O‘zbekiston | 10:02
-
Kanadada Yerdagi eng qadimiy toshlar topildi
Fan-texnika | 09:41
-
Kongress a’zosi Rashida Tlaib G‘azoga yordam fondi moliyalashtirilishini tanqid qildi
Jahon | 09:21
Mavzuga oid

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025