Agar minglab kishilarning o‘limiga yagona virus sabab bo‘layotgani hisobga olinsa, raqamlar juda qo‘rqinchli. Ko‘rsatkichlar aslida bundan ham qo‘rqinchliroq bo‘lishi mumkin. Chunki kasallikning paydo bo‘lishi va tarqalishini o‘rganayotgan olimlar ko‘p mamlakatlarda koronavirus sababli vafot etganlar soni noto‘g‘ri hisoblanayotganini aytishmoqda. Masalan, sayyoramizning ayrim mintaqalarida muruvvat uylaridagi keksalarning o‘lim holati hisobga olinmayapti. Ayrim mamlakatlar hukumatlari statistik ma'lumotlarda vafot etganlarni hisobga olishda ulardan ruxsat so‘ramoqda. Shuning uchun ham real o‘lim ko‘rsatkichi rasmiy ma'lumotlardagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Koronavirusdan vafot etganlar statistikasi
El Pais nashri turli mamlakatlar hukumatlari koronavirus sababli yuzaga kelgan o‘lim ko‘rsatkichini turlicha hisoblashayotni haqida ma'lumot berdi. Jurnalistlar Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Fransiya va Buyuk Britaniyada o‘lim ko‘rsatkichi hisob-kitobi qanday olib borilayotgani haqidagi ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashishdi. Ma'lum qilinishicha, mazkur mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari noto‘g‘ri hisoblanmoqda.
Masalan, Ispaniyada muruvvat uylarida yuz bergan o‘lim holatlari hisobga olinmaydi. Koronavirus ko‘proq 60 yoshdan katta keksa kishilar hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lyapti. Agar El Pais jurnalistlariga ishonadigan bo‘lsak, 26 mart holatiga Ispaniyada 352 kishi vafot etgani qayd etilgan. Ehtimol, ayrim o‘limlar sababi koronavirus bo‘lishi mumkin. Biroq shuni hisobga olish kerakki, mazkur ma'lumotlar jurnalistlar tomonidan to‘plangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa muruvvat uylaridagi o‘lim holatlariga tegishli ma'lumotlarni taqdim etmagan.
Fransiyada yuritilayotgan statistikada ham xuddi shunday vaziyat ko‘zga tashlanmoqda. Ma'lumki, hukumat koronavirusga chalingan bemorlarga xizmat ko‘rsatayotgan 600ta mahalliy klinika va kasalxonalardagi o‘lim holatlarini hisoblamoqda. Ya'ni mamlakatdagi 7 mingta muruvvat uylarida yashayotgan keksa kishilarning bilan bog‘liq o‘lim statistikasiga kiritilmayapti. Biroq endi vaziyat o‘zgarmoqda. Chunki prezident Emmanuel Makron keksa kishilar o‘rtasida koronavirus sababli o‘lish ko‘rsatkichi ko‘p ekaniga e'tibor qaratgach, 30 mart kunidan boshlab ana shu muassasalar ham kuzatib borilishini e'lon qildi.
Emmanuel Makronning topshirig‘iga binoan Fransiya hukumati muruvvat uylaridagi o‘lim ko‘rsatkichlarini ham hisobga oladi.
Boshqa mamlakatlarda ham hisob-kitobni yuritishda noaniqliklar mavjud. Salomatlik oliy institutlari ma'lumotlariga ko‘ra, Italiya hukumati rasmiy statistikaga koronavirus tashxisi tasdiqlangan bemorlarning o‘lim holatlarini kiritmoqda. Agar bemor kasalxonada vafot etgan bo‘lsa, hisobga olinadi, muruvvat uyida vafot etgan holatlar esa statistikaga kiritilmaydi. Agar 70 yoshdagi odam uyda vafot etsa, katta ehtimol bilan u keksa bo‘lgani uchun vafot etgan deb hisoblanadi. Vafot etgan kishi koronavirus testidan o‘tkazilmaydi. Chunki test hatto tirik odamlarga ham yetmaydi. Bundan kelib chiqadigan xulosa, koronavirus sababli yuzaga keladigan o‘lim holatini baholash deyarli imkonsiz – buning uchun barcha vafot etgan kishilarni testdan o‘tkazish kerak bo‘ladi.








