Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yilning 2 avgust kuni tasdiqlangan 4412-sonli Qarorida belgilangan yönalişlardan biri bölgan, tölov qobiliyatini yaxşilaş va mustahkamlaş yönalişi böyiça topşiriqlarni amalga oşirişda Lloyds bilan hamkorlik aloqalarini örnatiş orqali kompaniyani jahon sug‘urta bozoriga integratsiyalaşuvi amalga oşirilmoqda.
Aytiş joizki, «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ rahbariyati hamda soha mutaxassislari tomonidan uzoq muddatli izlaniş va muzokaralar olib borilişi natijasida, bir qator yetakçi qayta sug‘urta kompaniyalari iştirokida obligator qayta sug‘urta şartnomalar imzolanişiga erişildi.
Uşbu obligator şartnomalarda qayta sug‘urta yönalişi böyiça dunyo reytingida kuçli beştalikka kiruvçi SCOR, Lloyd’sning 80 ta sindikatlari orasida oltitalikka kiruvçi Canopius CNP 4444 (Buyuk Britaniya) va Polşaning yetakçi qayta sug‘urta kompaniyasi hisoblangan Polish Re kompaniyalari qayta suğurtalovçilar sifatida iştirok etişmoqda.

Natijada, kompaniyaning Lloyd’s sindikati bilan tuzilgan obligator şartnomalari, Özbekiston sug‘urta bozori örtasidagi aloqalarning mustahkamlanişi va kompaniyaning mavjud bölgan Halqaro reytingining nufuzini oşişida yanada ijobiy ta'sir körsatişi ayni muddao böladi.
«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJning uşbu şartnomalarni tuzişidan asosiy maqsadi, avvalo, kompaniyaning tölov qobiliyatini saqlaş, öz mijozlarini işonçli sug‘urta himoyasi bilan ta'minlaşdan iboratdir.
Reklama huquqi asosida












