O‘zbekiston | 10:00 / 04.04.2020
92672
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 241taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 14 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 241tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.

So‘nggi kunlarda koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilishi keskin o‘smoqda - 2-4 aprel kunlari O‘zbekistonda jami 60 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid