Koronavirus pandemiyasi odatiy hayotning har bir sohasiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtga kelib kasallik 60 mingdan ortiq kishini hayotdan olib ketdi, zararlanganlar soni esa 1,2 million oshib ketgan. Virus tarqalishining oldini oluvchi ijtimoiy masofalanish jahon iqtisodiyotining to‘xtab qolishini yuzaga keltirdi. Bu jiddiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Biroq sanoat sohasining to‘xtab qolishidan tashqari koronavirus sababli dunyodagi ko‘p shaharlarda havo sezilarli darajada tozalandi. Atmosferaga zararli moddalar chiqarilishiga oid ma'lumotlarni kuzatgan odamlar sayyoraning pandemiyaga reaksiyasini qayd etishdi. Atmosfera havosi tozalandi. Biroq bu xursandchilikka sabab bo‘ladimi?

Koronavirus sayyorani o‘zgartiradimi?
Insonlarning hayot tarzi va iqtisodiyot jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan bir paytda atmosfera qanday o‘zgarishlarga uchrayotgani borasida pandemiya olimlarga ayrim tasavvurlarni bermoqda. Atmosfera tadqiqotlari milliy markazi (NCAR) vakili Helen Uordenning Popular Science nashriga bergan ma'lumotlariga ko‘ra, bu atmosferaga tegishli bo‘lgan salbiy tadqiqot. Chunki odatiy hayot tarziga qaytish zararli chiqindilar miqdorini oshirib yuborishi mumkin.
Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, koronavirusdan qattiq jabr ko‘rgan Xitoy yangi yili bayrami arafasida Xitoydagi chiqindilar ko‘rsatkichi bir necha hafta davomida qisqargan. Epidemiya vaqtida koronavirus tarqalishini kamaytirish maqsadida ko‘mir iste'moli qisqardi, neftni qayta ishlash sekinlashdi, aviareyslar esa bekor qilindi. Sohaga oid ma'lumotlarga asoslanib, Xitoy yangi yil bayramidan keyingi to‘rt hafta davomida mamlakatdagi karbonat angidrid chiqindilari deyarli 25 foizga qisqargan. Natijalar Carbon Brief.org portalida e'lon qilindi. NASA sputnik tasvirlarida esa Xitoy ustidagi azot dioksidi o‘rtacha 36 foizga pasaygan.
- Azot dioksidi nafas olish tizimiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va astma rivojlanishiga olib keladi, shuningdek atmosferada yana bir yirik ifloslantiruvchi – ozon hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Suratda Xitoydagi havoning yanvardan fevralgacha ifloslanish darajasidagi o‘zgarishlar ko‘rsatilgan



















