Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya koronavirus avj olishi tufayli favqulodda vaziyat e'lon qilishga tayyorlanmoqda
Bugun, 6 aprel kuni Yaponiya hukumati mamlakatda favqulodda holat e'lon qilishga tayyogarlikni boshladi, deb yozmoqda Channelnewsasia nashri.
Bugun kechqurun Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hukumatga global pandemiya bo‘yicha maslahatchi ekspertlar guruhi bilan uchrashishi haqda xabarlar tarqalgan.
Bu koronavirus kasalligi avj olib borayotgani bilan bog‘liq. Yaponiyada mazkur kasallik Yevropa yoki AQShga nisbatan kam bo‘lsa-da, oshishda davom etmoqda.
Yakshanba kuni Tokioda 148ta holat qayd etilgach, hukumatga yangi choralar ko‘rish uchun bosim ko‘paygan.
Tokio gubernatori allaqachon poytaxt aholisini dam olish kunlari muhim bo‘lmagan tadbirlardan qochishga va hafta davomida uyda qolishga chaqirmoqda.
Jurnalistlar bilan uchrashuvda gubernator hali rasmiy hech qanday topshiriq olmagani, ammo tayyorgarlik davom etayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026