Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» xodimlari taqdiri nima bo‘ladi?
Temiryo‘l orqali respublika bo‘ylab yo‘lovchi tashish faoliyati to‘xtatilgach, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ko‘plab xodimlarini o‘z hisoblaridan ta'tilga chiqargan edi. Jamiyat boshqarma boshlig‘i Umidilla Ibragimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ushbu holatga izoh berdi.
«Hukumat qaroriga binoan, karantin davrida majburmiz, xodimlarimiz mehnat ta'tiliga chiqarilgan va oyligi saqlanmagan holatda o‘z xohishiga binoan ta'til olishgan. [Qolgan] xodimlarimiz masofadan ishlashga o‘tkazilgan.
Albatta, karantin tugagach, bu xodimlarimiz hammasi o‘z joylariga qaytib, ish faoliyatini davom ettiradi. Bu – vaqtincha chora», dedi Umidilla Ibragimov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» temir yo‘l sohasida yetishib chiqayotgan kadrlarni ish bilan ta'minlashda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev mehnat qonunchiligiga zid ravishda xodimlarini haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarayotgan tashkilotlarni tanqid ostiga olgandi.
«Ayrim idora va tashkilotlar xodimlarini shunday vaqtda qo‘llab-quvvatlash o‘rniga o‘z hisoblaridan majburan mehnat ta'tiliga chiqarib yubormoqda. Bunday holatni biz «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi xodimlari misolida ham ko‘ryapmiz. Bu – avvalo tashkilotning o‘z xodimlariga nisbatan nomardligi bo‘ladi», – degandi Rasul Kusherbayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Mavzuga oid
20:15 / 25.02.2026
Prezident sanoat korxonalari quvvatini oshirib, 2 mingta yuk vagoni ishlab chiqarishni buyurdi
18:08 / 24.12.2025
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi
22:20 / 02.12.2024