Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot oliygohlarida mutaxassislikka oid bo‘lmagan fanlar ulushi 2 barobarga qisqartiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Prezident qarori bilan belgilanishicha, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
a) tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining davolash (amaliyot) ishlari prorektorlari (direktor o‘rinbosarlari) bir vaqtning o‘zida ushbu oliy ta'lim muassasa klinikalarining bosh shifokorlari hisoblanadi;
b) tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida:
- bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi mutaxassislikka oid bo‘lmagan fanlar ulushi 2 barobarga qisqartiriladi;
- klinik ordinaturasiga (rezidenturasiga) maqsadli qabul qilingan talabalarning bitiruv kursini viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
v) hududlarning shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bakalavriatning «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Kasbiy ta'lim (davolash ishi)» ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul ko‘rsatkichlari doirasidagi maqsadli qabul parametrlari tuman (shahar)lar kesimida shakllantiriladi;
g) tibbiyot oliy ta'lim muassasalari «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Kasbiy ta'lim (davolash ishi)» yo‘nalishlari bitiruvchilari yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat'i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan tuman (shahar)da kamida 5 yil ishlab berish majburiyati kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilida tibbiyot oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda tibbiyot kadrlariga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun bakalavriat va magistraturaga davlat granti asosida o‘qishga maqsadli qabul parametrlarini 50 foizgacha oshirishni inobatga oladi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025