Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik senator koronavirusdan sog‘aygach shifoxonada ishlay boshladi
Amerikalik senator Rend Pol koronavirusdan sog‘aygach, shifoxonada ko‘ngilli bo‘lib ishlay boshladi.
Kentukki shtatidan respublikachi-senator bo‘lgan Pol bu haqda tvitterda ma'lum qilgan. Siyosatchi, shuningdek, hammaga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirgan.
“Meni yana koronavirusga tekshirishdi, natija – manfiy”, deb ta'kidlab o‘tgan Pol.
Uning ta'kidlashicha, u muhtojlarga, jumladan koronavirusga chalinganlarga yordam berish uchun shifoxonalardan birida ko‘ngilli bo‘lib ishlay boshlagan.
“Birgalikda biz yenga olamiz!”, deb aytgan senator.
Rend Polning kasallikka chalingani 23 martda ma'lum bo‘lgan.
Avvalroq Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda tibbiyotchilarga yordam berish uchun haftada bir marta shifokor bo‘lib ishlashga qaror qilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025