Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiyada pandemiya inqiroziga qarshi kurash uchun 10 milliard dollar talab etiladi
Xorvatiya moliya vaziri Zdravko Marich N1TV telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda yaqin bir necha oy ichida pandemiya ortidan yuzaga keladigan inqirozga qarshi kurash choralarini moliyalashtirish uchun 70 mlrd kuna (10 mlrd AQSh dollari) kerakligini ma'lum qildi.
Reuters agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, hukumat iqtisodiyotni rivojlantirish uchun keyingi uch oy davomida qator soliq to‘lovlarini kechiktirdi, ayrim soliq turlari bekor qilindi. Shuningdek, hukumat tomonidan muammolarga duch kelgan kompaniyalar ishchilari maoshining bir qismini to‘lash joriy etildi.
Davlat sektorida esa xodimlarning maoshlari pasaytirilishi mumkin. Shu hafta oxirida hukumat va kasaba uyushmalari o‘rtasida bu masala bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
«Biz inqirozga qarshi kurash uchun kerak bo‘ladigan mablag‘ni birinchi navbatda ichki manbalardan qidiramiz, ammo xalqaro bozor va moliya institutlariga ham murojaat qilamiz», degan vaziri.
Bugungi kungacha Xorvatiyada koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 1343 holat qayd etilgan, 19 kishi vafot etgan. Yalpi ichki mahsulotning qariyb beshdan bir qismini tashkil etadigan sayyohlik sohasi pandemiya ta'sirida kasodga uchragan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
09:41 / 06.04.2026
Xorvatiya o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eshiklarni ochishi mumkin
11:15 / 17.02.2026
Vengriya va Slovakiya Xorvatiyadan Rossiya neftini yetkazib berishni so‘ramoqda
12:07 / 17.01.2026