Jamiyat | 22:49 / 09.04.2020
9749
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida ob-havo noqulayligi sababli elektr, gaz va ichimlik suvi ta'minotida 72 ta uzilish qayd etildi

8–9 aprel kunlari respublika bo‘ylab kuzatilgan noqulay ob-havo tufayli Toshkent viloyatining turli hududlarida elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta'minotida 72 ta uzilish ro‘y berdi. Bu haqda Kun.uz’ga Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

“Kutilmaganda qor yog‘ishi natijasida ko‘p joylarda daraxt shoxlarining sinib, ayrim holatlarda tag-tomiri bilan qo‘porilgani kuzatildi. Buning natijasida elektr tarmoqlariga shikast yetib, elektr energiyasi ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar ro‘y berdi, gaz va suv quvurlari shikastlanishiga sabab bo‘ldi. Soat 19:00ga qadar aksariyat hududlarda sodir bo‘lgan avariya holatlari bartaraf etildi, qolgan joylarda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda”, deydi viloyat hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Behzod Qobulov. 

Hokimlik axborot xizmatining ma'lum qilishicha, viloyat miqyosidagi quyidagi mahallalarda elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta'minotida uzilish qayd etilgan:

  •  Yangiyo‘l tumani: “Sho‘ralisoy”, “Keskan”, “Shodlik”, “Saxovat”, “G‘alaba”, “Yuksalish”, “Nov”, “O‘zbekiston”, “Bahor” hamda “Ozod” mahallalarida;
  • Ohangaron tumani: “Ilg‘or”, “Telov”, “Sanam”, “Susam”, “Markaziy qo‘rg‘on”, “Yalpoqtepa”, “Qiziloy”, “G‘allaquduq”, “Gulobod”, “Ungut” va “Tut” mahalla fuqarolar yig‘inida;
  • Qibray tumani: “Yuqori yuz” mahalla fuqarolar yig‘inida;
  • Zangiota tumani: “Erkin” hududidagi “Qurilish” mahallasida;
  • Piskent tumani: “Zominovul”, “Do‘stlik”, “Fayzobod”, “Guliston”, "Lolaariq" “Mitan”, “Maylobod”, “Bekobod”, “Birlik”, “Oybek”, “Lolaariq”, "Navoiy", “Mo‘minobod”, “Saidobod”, “Taraqqiyot”, “Xoliqberdi”, "Guliston", “Suvti”, "Do‘ngqo‘rg‘on", Oqtom”, “Koriz”, “Kultepa”, "G‘ayrat", "Lola ariq" va "Novkent" mahallalarida;
  • Toshkent tumani: “Sirg‘ali”, “Iftixor”, “Ko‘ksaroy”, “Ibrat”, “Qizg‘aldoq”, hamda “Tinchlik” mahallasida;
  • Bo‘ka tumani: “Yangihayot”, “Mustaqil O‘zbekiston”, “Baxmal”, “Bo‘ston”, “Guliston”, “Dashtobod”, “Xo‘jaqo‘rg‘on, “Qizil yulduz, “Uchtepa”, “Do‘stlik”, “Moytepa”, “Ulug‘bek”, “ Navobod” va “Guliston” mahallalarida;
  • O‘rta Chirchiq tumani: “Kim Pen Xva”, “Gulobod” va “Farovon” mahallalarida.

Behzod Qobulovning ta'kidlashicha, hozirgacha yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan mahallalarning 61 tasida ta'mirlash ishlari yakunlanib, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta'minoti tiklangan. 11 ta hududda avariya-tiklash ishlari 10 aprel kuni davom ettiriladi. 

Mavzuga oid