Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 700dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 35 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 11 aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 729 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi.
Bundan avvalroq Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan 212 bemorning 28 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilayotgani, 8 nafarining ahvoli og‘irligi, shuningdek, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidagi 108 nafar bemordan 5 nafarining ahvoli og‘irligi haqida ma'lumot bergandi.
Shu vaqtgacha bemorlarning 42 nafari sog‘aygan, 3 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025