Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda «antivirus paketi» bo‘yicha to‘lovlar boshlandi
Ayni paytda Amerika Qo‘shma Shtatlari kasallikka chalinganlar va koronavirusdan vafot etganlar soni dunyo bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi.
AQSh hukumati 11 apreldan boshlab koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan qonunga ko‘ra bir martalik to‘lovlarni to‘lashni boshladi. Bu haqda AQSh daromadlar xizmati (IRS, Internal Revenue Service, soliq tashkiloti) Twitter sahifasida e'lon qilindi.
«IRS bugun soliq to‘lovchilar hisob raqamiga dastlabki to‘lovlarni amalga oshirdi. Bilamiz, bugun juda ko‘pchilik bu mablag‘ni kutib turibdi, shu bois biz to‘lovlarni imkon qadar tezroq davom ettiramiz», deyiladi xabarda.
Iqtisodiy choralarni ko‘zda tutuvchi va 2 trln mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan bu qonun AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan mart oyi oxirida imzolangandi. Hujjat ishsizlik nafaqalari, shifoxonalarga ko‘mak, biznesni yoki tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Bundan tashqari, AQSh fuqarolari 1200 dollardan oladi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda kasallikka chalinganlar 533 mingdan oshgan, vafot etganlar soni 21 mingga yaqinlashmoqda.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026