Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bo‘sh turgan bino va yer maydonlari negizida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
Qashqadaryo viloyatida to‘la quvvatda foydalanilmayotgan bo‘sh turgan bino va yer maydonlari negizida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida hukumat hujjati qabul qilinadi
Muhokama uchun e'lon qilingan hujjat loyihasida aytilishicha, quyidagilar:
“Qashqadaryoneftgazishchita'minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari tomonidan jamiyatning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligini kechish hisobiga jamiyatga tegishli bo‘lgan G‘uzor tumani, Sho‘rtan qo‘rg‘oni, Qorako‘l MFY hududida joylashgan umumiy yer maydoni 3,5 gektar, shundan qurilish osti maydoni 1 882,48 m2 bo‘lgan bino va inshootlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan;
Qashqadaryo viloyati hokimligi va “Pooya polymer G’uzor” MChJ o‘rtasida kelishuv Memorandumi imzolangan va Investor Obektga o‘z mablag‘lari va jalb qilinadigan mablag‘lar hisobiga 2020 yilning yakuniga qadar 20,0 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritadi, 25 ta ishchi o‘rni yaratish orqali Plastik quvurlar va polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Obektni berish sanasida jamiyatning Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorligi va ular bo‘yicha hisoblangan penyalar, shuningdek obektni berish natijasida yuzaga keladigan soliq hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish;
Obekt negizida kelgusida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida 2020–2021 yillar mobaynida 20,0 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, zamonaviy xorij texnologiyalari bilan jihozlangan plastik quvurlar ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali 25 ta yangi ish o‘rni yaratish majburiyati bilan “Pooya polymer G’uzor” mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasiga “nol” xarid qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish takliflari ma'qullanadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamiyat bilan birgalikda bino va inshootlarni belgilangan tartibda topshirish – qabul qilish ishlarini amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi Investor bilan ko‘rsatilgan shartlarda Investitsiya bitimi tuzilishini ta'minlaydi.
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda jamiyatning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligining mazkur farmoyish talablariga muvofiq belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishini ta'minlaydi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Pooya polymer G’uzor” mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasi bilan o‘zaro majburiyatlar bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini imzolanishini va bajarilishi yuzasidan monitoring o‘rnatilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
22:01
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:29
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
15:20
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
11:55 / 12.06.2026