O‘zbekiston | 12:51 / 14.04.2020
21289
3 daqiqa o‘qiladi

15 aprel kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 15 aprel, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8 daraja, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘ hududlarida (1800 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Mavzuga oid