Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana 10 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Tuzalganlar soni 99 nafarga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarning yana 10 nafari to‘liq tuzalgani to‘g‘risida ma'lum qildi.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Bugun, 14 aprel kuni Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida ilk bor koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Sog‘ayganlar Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas'ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
«Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ulardan 6 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafari Samarqand viloyatidan. Bemorlardan ikki nafari joriy yil 28 mart kuni charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelgan. Qolgan sakkiz nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularning xastalikdan butkul forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi. Ushbu jarayonda mazkur klinika jamoasi birdamligi, mahorati va tajribasi hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Muhimi, koronavirus pandemiyasi dunyo mamlakatlari boshiga tushgan ulkan sinov bo‘lib turgan bir vaziyatda aholining qiyinchiliklarni birdamlik bilan yengishga harakat qilishayotgani barobarida, tibbiyot xodimlarining matonati va fidoyiligi alohida e'tiborga molik. Ular koronavirus infeksiyasini samarali davlash mumkinligini takror va takror isbotlashmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Ayni paytda qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan jami 99 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025