2020 yil 3 aprel kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan inqirozga qarşi kuraşiş şaroitida tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazilgandi.
Yiğiliş natijalariga köra korxonalarga va yakka tartibda işlovçi tadbirkorlarga qöşimça soliq imtiyozlari berildi, xususan, turistik va mehmonxona faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar şu yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarini tölaşdan ozod etildi, barça korxonalarning banklardan olingan kreditlar böyiça qarzlarni tölaş muddatlari uzaytirib berildi (umumiy 12 trillion söm miqdorida), yuridik şaxslarning tabiiy gaz va elektr energiyasi uçun oldindan tölov majburiyati amaldagi 100 foizdan 30 foizga tuşirildi, asosiy iste'mol tovarlarini import qilişda bojxona boji va aksiz soliği undirilmasligi va bir qança öta muhim çoralar belgilandi.
Bugungi kungaça tadbirkorlarni himoya qiliş borasida amalga oşirilgan işlar köproq davlatning öz qonuniy daromadlaridan voz keçiş va korxonalarning aylanma mablağlarini imkon qadar saqlab qolişga qaratilgan.
Aholining kam daromadli qatlamlarini himoya qiliş borasida esa bolali oilalarga nafaqa, bola parvarişlaş nafaqasi va moddiy yordamlarni tölaş uçun muddatini 6 oydan 1 yilgaça avtomatik uzaytiriş, boşqa muhtoj oilalarga ham şunday nafaqalar tayinlaş, karantin davrida yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga 18 turdagi asosiy oziq-ovqat va gigiyena tovarlarini bepul yetkazib beriş kabi töğridan-töğri moddiy yordam beriş mexanizmlari jalb etilganini aytib ötiş mumkin.
Lekin deyarli ikki hafta ötgandan söng tadbirkorlar muhitida karantin muddati va undan keyin böladigan iqtisodiy şaroit haqida munozaralar yana kuçaymoqda. Asosiy masalalarni quyidagi savollar körinişida muhokama qilişimiz mumkin:
1. Karantin muddati davomida, ya'ni 20 aprelgaça Covid-19’ning tarqaliş sur'atlarini pasaytiriş jarayonini jilovlab bölarmikan?
2. Karantin şaroitida bölsa ham, mavjud çeklanişlarni biroz qayta körib çiqiş evaziga (umumiy huşyorlikni buzmagan holda), qanday qilib faoliyatni sekin-asta jonlantiriş mumkin?
3. Agar kasallik tarqalişini töla jilovlaşga erişilmasa, karantin muddati uzayiş ehtimoli katta bölsa, vaqtinça ta'til berilgan, uyda işlaşga ötkazilgan xodimlar bilan aprel oyi uçun oylik maoş tölovlari qaysi manba hisobiga böladi? Axir mamlakat iqtisodiyotining 60 foizi içki mahsulotini yaratayotgan kiçik va örta korxonalarda bugungi kunda oborot mablağlari qolmagan va ana şu oylik maoş tölovlari uçun manba yöq (dori-darmon va oziq-ovqat tizimi va dökonlaridan taşqari);
4. Karantindan çiqqan taqdirda ham, işlab çiqarişni, uzilgan kooperatsion aloqalarni tiklaş, mijozlar bilan bölgan dastlabki kelişuvlarni qayta körib çiqiş va umuman, faoliyat jur'atini tiklaşga kamida 1-2 oy vaqt va bir qança aylanma mablağlar talab etiladi. Ularning manbayi qanday böladi?
5. Ba'zi sohalarda işlab çiqariş sikllari (quriliş materiallari sanoati, qişloq xöjalik mahsulotlarini qayta işlaş, tekstil) bir neça oyni taşkil etadi. Endi bir oyoqqa turganda muddati çözilgan soliqlar, kreditlar va resurs tölovlari birdaniga talab qilinsa, iqtisodiy ahvol yana qay darajada böladi?
Birinçi savol, albatta, eng muhim omil bölib, bugungi kunda unga javob beriş qiyin va faqat umid bilan çeklanib qolamiz. Lekin boşqa savollarga oydinlik kiritiş maqsadida bir neça biznes vakillari bilan ötkazgan suhbatlarimizda, hatto karantin şaroitida işga tuşirilişi mumkin bölgan bir neça rezervlar borligi ma'lum böldi. Şular haqida qisqaça töxtalib ötsak.
Birinçidan, xalq xöjaligiga öta kerakli bölgan va bugungi kunda davlatning bojxona hududida töplanib qolgan noiste'mol mollarni turli import soliqlari (aksiz va qöşilgan qiymat soliği) va bojxona tölovlarisiz, korxona rahbarlarining kafolati evaziga erkin almaşuv rejimiga kiritişga ruxsat beriş.
Bugungi kunda ana şunday muhim çora iste'mol mollari, ya'ni oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlari uçun tatbiq qilingan. Tadbirkorlarning umumiy fikriça, ana şu qarorni boşqa noiste'mol mahsulotlar uçun ham mustasnosiz kiritiş juda katta ijobiy amaliy ahamiyatga ega bölar edi. Dastlabki hisoblarimiz böyiça, gap Özbekiston bojxona hududiga kirib kelgan, 0,5-0,6 mlrd AQŞ dollari miqdoriga teng bölgan mahsulotlar haqida ketyapti. Agar ana şu import qilinayotgan mahsulotlar içki bozorda örtaça 50 foiz ustama qiymat yaratadi deb tasavvur qilsak, bu 1-2 oy içida 0,75-0,9 mlrd AQŞ dollariga teng aylanma mablağlari deganidir.
Ikkinçidan, kiçik va örta korxonalarga özlari asosiy amaliy operatsiyalarini bajarayotgan banklar orqali 3-5 yillik foiz asosida 18 oyga möljallangan aylanma mablağlarini oylik maoşlar va işlab çiqarişni tiklaş maqsadlariga işlatiş şarti bilan markazlaştirilgan kreditlar beriş. Bizda «Har bir oila tadbirkor», «Yoş tadbirkor», «Obod mahalla» dasturlari asosida markazlaştirilgan kredit resurslarini taqsimlaş va özlaştiriş tajribasi bor. Ana şu tajribani bu örinda ham kengroq qöllasa böladi, ba'zi özgarişlar bilan. Bunday kreditlar bugungi şaroitdan kelib çiqqan holda banklar tomonidan tegişli garov, imkoni bölmaganda esa, sifati past bölgan garovlar evaziga ham (blank krediti) berilişi maqsadga muvofiq. Banklar bu tarzda kreditlarning pulli, muddatli va maqsadlilikka bölgan talablarini buzmaydilar va iloji boriça öz tavakkalçiligini himoya qiladilar.
Lekin, albatta, bu hol banklarda berilgan kreditlarning sifati pastligiga olib keladi va Markaziy bank tomonidan garovga olinadigan mol-mulk röyxatini va ularni baholaş mexanizmini, şubhali kreditlarga bölgan rezerv talablarini qayta körib çiqişini taqozo qiladi. Bunday siyosat markazlaştirilgan maxsus mablağlar hisobiga, Markaziy bank taşabbusi va nazorati ostida amalga oşirilişi hamda ajratilgan mablağlar tijorat banklari röyxati va mijozlari talabiga mos ravişda amalga oşirilişi kerak. Tijorat banklari öz ixtiyorlari bilan ruxsat berilgan taqdirda ham, bunday tavakkalçilikka bormaydilar. Bu jarayonga bankning eng işonçli va uzoq muddat mijozi bölgan korxonalar vakillaridan jamoatçilik nazorati jalb etilsa, aminmizki turli noxuş korrupsiya hollari keskin kamayadi.
Uçinçidan, aylanma mablağlarini töldiriş uçun olingan kreditlar hisobiga korxonalar oylik maoşlarini tölasalar, ijtimoiy jamğarma fondiga ajratmalar va individual daromad soliği tölovlari muddati kredit töla qoplanuviga qadar keçiktirilişi maqsadga muvofiq.
Qisqa qilib aytganda, davlatning bevosita iqtisodiy yordami bugungi kunda kimga berilişi kerak: aholigami yoki korxonalarga degan savolga, biz korxonalarga deb javob beramiz. Çunki har bir hujjatga korxona rahbari va ta'sisçilari imzo çekadi, demakki javobgarlik va belgilangan maqsadga erişiş darajasi ança yuqori böladi. Qolaversa, har bir ta'sisçi faqatgina bir kunini emas, balki kamida 2-3 yillik faoliyatini öylab iş tutadi.
Albatta, bu körsatilgan takliflar barça jabhalar va muammolarni qamrab olmaydi. Lekin tadbirkorlarga nisbatan işonç va biznes muhitini soğlomlaştirişda eng kiçik va muhim qadamlar deb qaraladi.
Abdulla Abdukadirov
Iqtisodiy tahlilçi
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamaydi











