Velosiped boshqarib ketayotgan shaxs YTH oqibatida vafot etdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
2020 yilning 10 aprel kuni soat 21:00da Samarqand viloyati Samarqand tumani "Yangijoy" mahallasi hududidan o‘tuvchi "Yangijoy-Gulobod" avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, haydovchi, 28 yoshli A.G. Nexia rusumli avtomashinasini avtomobil yo‘lining "Yangijoy-Gulobod" yo‘nalishida boshqarib borib, o‘zining harakat yo‘nalishidan velosipedda harakatlanib borayotgan 45 yoshli O.U.ni orqa tomonidan urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
Natijada, O.U. olgan tan jarohati natijasida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024