O‘zbekiston | 20:30
403
2 daqiqa o‘qiladi

Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi

Yo‘l-transport hodisasida sug‘urta tovonini olishning yangi tartibi qonunchilikka kiritildi.

Foto: YHXX

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, transport egasi transportning soni cheklanmagan haydovchilar tomonidan boshqarilishida ularning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish maqsadida majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga haqli.

Transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sug‘urta shartnomasida transport mulkdori va uning yaqin qarindoshlari, transport vositasining egasi ko‘rsatilmaydi.

Haydovchilarning tanloviga ko‘ra aybdor tarafning sug‘urtalovchisidan sug‘urta tovonini olish maqsadida sug‘urta hodisasini bevosita hal etish to‘g‘risidagi ariza o‘rniga sug‘urta tovonini to‘lash haqidagi ariza rasmiylashtirilib, aybdor tarafning sug‘urtalovchisiga murojaat qilinishi mumkin.

Bunda ariza aybdor tarafning sug‘urtalovchisi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.

Qonunchilikda hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinishi belgilangan shaxslarning bir vaqtning o‘zida budjet mablag‘lari hisobidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi taqiqlanadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid