Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim budjet xarajatlari keyingi choraklarga o‘tkaziladi, ayrimlari qisqartiriladi – Timur Ishmetov
Budjet taqchilligi ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida ayrim hayot uchun zarur bo‘lmagan budjet xarajatlarini keyingi choraklarga o‘tkazish, ayrimlarini esa qisqartirish bo‘yicha takliflar tayyorlangan va hukumatga kiritilgan, dedi Timur Ishmetov.
O‘zbekiston Moliya vaziri Timur Ishmetov 15 aprel kuni o‘tkazilgan onlayn brifingda koronavirus tufayli butun dunyoda kuzatilayotgan inqirozning O‘zbekistonga ta'siri, uni yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Asosiy maqsadimiz – II chorakda budjet barqarorligini ta'minlash. Prognozlarimizga ko‘ra, 2020 yil budjetida ko‘zda tutilgan taqchillikning katta qismi aynan mavsumiy omillar hisobiga II chorakda shakllanadi. Ya'ni I, III va IV chorakda odatda budjetimiz profitsit bilan yakunlansa, aynan II chorakda defitsit bilan tugallanadi. Shu sababli II chorak moliyaviy nuqtai nazardan eng og‘ir chorak hisoblanadi.
Koronavirusga qarshi kurashish, karantin davri ham asosan yilning II choragiga to‘g‘ri keldi. Bu budjetga yanada qiyinchiliklar tug‘diradi, budjetga qo‘shimcha yuk bo‘ladi. Bunday vaziyatda daromadlarning qisman kamayishi, xarajatlarning esa oshishi ehtimoli bor. Moliya vazirligining asosiy vazifasi aynan II chorakda budjetning balanslanganini ta'minlashdan iborat. Shu maqsadda ayrim hayot uchun zarur bo‘lmagan budjet xarajatlarini keyingi choraklarga o‘tkazish, ayrimlarini esa qisqartirish bo‘yicha takliflar tayyorlangan va hukumatga kiritilgan”, deya Timur Ishmetovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning ta'kidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan topshiriqqa asosan, moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda karantin sharoitida qaysi sohalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash orqali budjetga qo‘shimcha daromadlar tushishini ta'minlash ustida ishlamoqda. Buning uchun O‘zbekistondagi yirik kompaniya, tashkilot va korxonalarning karantin davrida ishlashiga sharoit yaratish choralari ko‘riladi.
Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda karantin choralari may oyida ham davom etish ehtimoli yuqori ekanini aytgan, O‘zbekistonning YaIMi birinchi chorakda 4,1−4,4 foiz atrofida o‘sgan, eksport 11 foizga, import esa 10 foizga qisqarganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
20:56 / 29.04.2026
«Kursga sun’iy ta’sir o‘tkazish tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
18:09 / 29.04.2026