Senatning 13 iyun kungi yalpi majlisida senator Sodiqjon Turdiyev Markaziy bank raisi Timur Işmetovga bank sektorida davlat iştirokining yuqoriligiça qolayotgani haqida savol berdi. Turdiyevga köra, davlat iştirokining yuqoriligi bozor mexanizmlari va raqobat muhitiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
“Şundan kelib çiqib, mening savolim şundan iboratki, davlat banklari uluşining yuqoriligi pul-kredit siyosati transmissiyasini qançalik çeklamoqda? Markaziy bank tomonidan uşbu masalani ijobiy hal etiş böyiça qanday aniq çora-tadbirlar belgilanyapti?” – deya söradi senator.
Işmetovning sözlariga köra, bank sektorida davlat uluşining yuqoriligi – Markaziy bank asosiy stavkasining iqtisodiyotga töliq va tez ötişiga ma’lum bir darajada ta’sir qilişi tabiiy.
“Ayniqsa, ayrim davlat dasturlari doirasida ajratilgan resurslar. Bozor stavkalariga nisbatan ularga kamroq ta’sir böladi. Umuman, men ma’ruzada aytib ötgan Xalqaro valuta jamğarmasi va Jahon banki tomonidan 2024–2025 yillarda ötkazilgan moliyaviy sektorni baholaş dasturi natijalarida ham şu masalalar aks etgan. Moliya sektorini biz yanada bozor tamoyillari asosida rivojlantirişga ötişimiz kerak”, – dedi regulyator rahbari.
Timur Işmetov 2020–2025 yillarda bank tizimini rivojlantiriş strategiyasida belgilangan maqsadlarning hammasiga erişilmagan bölsa ham, lekin davlat uluşi öşa paytdagi 85 foizdan bugungi paytga kelib 63 foizgaça tuşirilganini ta’kidladi.
“Uçta bank xususiylaştirildi. Keyingi 2030 yilgaça möljallangan strategiyada ham biz bu işni davom ettiramiz. Şu bilan birga, davlat banklarini yanada transformatsiya qilişni oşirib boramiz va pul-kredit siyosati transmissiyasini faqat bu davlat banklarining uluşiga qarab ötirmasdan, umuman, özimizning instrumentlarimizni [kiritamiz]. Mana, ötgan yili ham keskin yangi instrumentlar kiritdik. Ta’sirçanligini oşiriş uçun bu yil ham pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillaştirib boramiz va monetar siyosat instrumentlarining, Markaziy bankning asosiy stavkasi ta’sirçanligi darajasini oşirib borişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiramiz”, – dedi u.
Avvalroq Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki Özbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga, 2027 yilda esa 6 foizga ösişini prognoz qilgani ma’lum qilingandi. Bank hisobotida xususiylaştiriş jarayonlari kutilgandan tezroq keçsa, ösiş sur’atlari yuqoriroq bölişi mumkinligi ta’kidlangan.









