Özbekiston Markaziy banki 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erişişda jiddiy xatarlarni körmayapti. Bu haqda MB raisi Timur Işmetov 13 iyun kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida ma’lum qildi.

Yalpi majlisda Markaziy bankning 2025 yildagi faoliyati töğrisidagi hisobot eşitildi. Işmetov senator Ikromxon Najmiddinovning savoliga javoban inflatsiyani maqsadli darajaga tuşiriş muddatlari sönggi yillarda bir neça bor qayta körib çiqilganini tan oldi.

Timur Işmetovning aytişiça, inflatsiya dinamikasiga içki va taşqi omillar ta’sir körsatadi. Markaziy bank prognozlari mavjud makroiqtisodiy şaroitlar asosida şakllantiriladi, biroq vaziyat özgarsa, ular ham yangilanadi.

Markaziy bank raisi inflatsiyaga ta’sir qilgan omillardan biri sifatida 2024 yildan boşlab amalga oşirilayotgan energiya tariflarini bosqiçma-bosqiç liberallaştiriş jarayonini tilga oldi. U, şuningdek, inflatsiyani yuqori darajada uşlab turgan yana ikki asosiy içki omilni aytib ötdi.

“Inflatsiyaga ta’sir qiluvçi asosiy içki omillar iqtisodiyotda yalpi talabning işlab çiqariş salohiyatidan yuqori darajada saqlanib qolişi, şuningdek, fiskal xarajatlarning rejalaştirilgan körsatkiçlardan oşişidir. Şu bilan birga, taşqi xatarlar ham öz ta’sirini körsatdi”, – dedi Işmetov.

Markaziy bank ma’lumotlariga köra, asosiy içki xatarlardan biri – aholi daromadlari va pul massasining ösiş sur’atlari tovarlar işlab çiqarişi va taklifining ösişidan yuqori bölib qolayotganidir. Bundan taşqari, budjet xarajatlarining rejalaştirilganidan köproq oşirilişi ham qöşimça inflyatsion bosim keltirib çiqarişi mumkin.

Taşqi omillar esa geosiyosiy keskinlik, jahon bozorlarida oziq-ovqat va yoqilği narxlarining oşişi, şuningdek, logistika xarajatlarining köpayişi bilan boğliq.

Şu bilan birga, Markaziy bank raisi hozirgi prognozlarda barça asosiy xatarlar inobatga olinganini ta’kidladi.

“Bizning hozirgi prognozimizda barça xatarlar hisobga olingan. Agar ular kutilganidan keskin farq qilsa, bu natijalarga ta’sir qilişi mumkin. Şunga qaramay, kelgusi yil prognozida 5 foizlik körsatkiçga erişişga tösqinlik qilişi mumkin bölgan jiddiy xavflarni körmayapmiz”, – dedi u.

2026 yil may oyida yillik inflatsiya 5,5 foizgaça sekinlaşdi