Bu haqda 16 aprel kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida videokonferens aloqa şaklida taşkil etilgan parlament eşituvida söz bordi. Unda Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyalaşuvining taşqi savdo, bojxona-tarif tizimini tartibga soliş, budjet, bank va moliya sohasi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaş, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari rivojlanişi borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida bir qator vazirliklarning axboroti tinglandi.
Parlament eşituvida masofaviy tarzda iştirok etgan Özbekiston Respublikasi boş vazirining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça örinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri Jamşid Qöçqorov öz axborotida YeOII bilan hamkorlik barqaror iqtisodiy ösişni ta'minlaşi, pirovard natijada mavjud iqtisodiy va ijtimoiy nomutanosibliklarni bartaraf etişga xizmat qilişi, bundan taşqari, uşbu hamkorlik mamlakatimizda barça sohalarda rivojlaniş jarayonlarini jadallaştiriş va globallaşuv talablariga tezroq moslaşiş imkonini yaratişini qayd etib ötdi.

“YeOII bilan integratsiyaning milliy iqtisodiyotga, jumladan, yalpi içki mahsulotga töğridan-töğri ta'siri böyiça baholaş işlari olib borilgan. Mazkur hisob-kitoblar iqtisodiyot tarmoqlaridagi ustunlik va xavflarni, ya'ni “yöqotiş” va “yutuqlar”ni inobatga olgan holda baholangan. Bunda, tovarlar va xizmatlar taşqi savdosi, xorijiy investitsiyalar, bandlik va migratsiya jarayonlari, soliq tuşumlari va aholi daromadlari kabi yönalişlarga alohida e'tibor berilgan”, deyiladi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmatining xabarida.
Eşituvda siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyalari tomonidan ayrim mulohazalar, savollar örtaga taşlangan. Çunonçi, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining qayd etişiça, YeOII asosiy maqsadlaridan biri bu — kooperatsion aloqalarni rivojlantiriş evaziga ittifoq iqtisodiyotining raqobatbardoşligini oşiriş. Lekin YeOIIda keçayotgan jarayonlarda asosan tovarlar oldi-berdisidan u yoğiga ötilayotgani yöq. Bunday vaziyatda sanoati sust rivojlangan a'zo davlatga qöyiladigan stantdart talablarining yuqoriligi raqobatga bardoşli bölmagan mahalliy işlab çiqaruvçilarning bankrot bölişiga olib kelişi tayin.
Özbekistonda hali rivojlanib ulgurmagan işlab çiqariş va xizmat körsatiş segmentlari YeOIIning boşqa a'zo davlatlari korxonalari tomonidan egallab olinişi xavfi ham saqlanib qoladi. Şu nuqtai nazardan, mamlakatimiz YeOII bilan keng kölamli integratsiyaga tayyormi, degan haqli savol tuğiladi. Yetarli darajada tayyorgarlik körişimiz uçun qança vaqt kerak, qanday işlarni amalga oşirişimiz kerak?


















