29 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida bölib ötgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengaşida kuzatuvçi davlat rahbari sifatida qatnaşib, nutq sözladi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston uçun YeOII mamlakatlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytiriş «taşqi iqtisodiy siyosatning eng muhim yönalişlaridan biri» bölib qolayotganini ta’kidladi.

«Bugungi kunda bizning YeOII davlatlari bilan özaro hamkorligimiz kompleks iqtisodiy şeriklik tusini oldi. Özaro savdo hajmi ösmoqda, sanoat kooperatsiyasi çuqurlaşmoqda, logistik aloqalar mustahkamlanmoqda, raqamli iqtisodiyot, energetika va xizmatlar sohasida yangi yönalişlar şakllanmoqda» deya prezidentning sözlarini keltirmoqda uning matbuot xizmati.

Ma’lum qilinişiça, Özbekiston kuzda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan yangi Hamkorlik rejasini qabul qiliş uçun Qöşma işçi guruhi yiğilişini ötkazadi.

Şuningdek, yaqinda texnik jihatdan tartibga soliş tizimlarini yaqinlaştiriş böyiça «yöl xaritasi» tasdiqlandi. Toşkent şahrida Yevrosiyo taraqqiyot bankining ofisi oçilib, muayyan loyihalar portfeli şakllantirildi.

Davlat rahbari xalqaro sammit doirasida YeOII bilan Özbekiston hamkorligini rivojlantirişning 5 ta ustuvor yönalişlarini sanadi:

Birinçidan, Özbekiston va YeOII davlatlari örtasida tösiqlarsiz savdoning yagona raqamli makonini şakllantirişga kirişiş muhimligi qayd etildi.

Bu yerda söz elektron tijoratni rivojlantiriş va uni tartibga soliş borasidagi yondaşuvlarni muvofiqlaştiriş, bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazorati sohalarida raqamli ma’lumot almaşinuvini yölga qöyiş, tovarlarning kelib çiqişini sertifikatlaş, şuningdek, elektron hujjatlarni bosqiçma-bosqiç özaro tan oliş haqida bormoqda.

Ikkinçidan, sanoat kooperatsiyasi rivojiga yangi turtki beriş muhimdir. Çunki biznesning işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, texnologik şeriklik va yangi işlab çiqariş zanjirlarini şakllantirişga qiziqişi ortib bormoqda. Bu joriy yil aprel oyida Toşkent şahrida muvaffaqiyatli ötkazilgan oltinçi «INNOPROM. Markaziy Osiyo» körgazmasida ham öz tasdiğini topdi.