Qirğiziston Rossiya migrantlar böyiça kelişuvni bajarmagani uçun uning ustidan YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda mamlakat parlamentining mehnat, soğliqni saqlaş, ayollar masalalari va ijtimoiy siyosat böyiça qömitasi yiğilişida Majburiy tibbiy suğurta jamğarmasi raisi Azamat Mukanov ma’lum qildi, deya xabar berdi 24.kg.
Qömita a’zolari Rossiyada mehnat muhojirlarini qöllab-quvvatlaş böyiça işlar qanday ketayotgani bilan qiziqqan. Mukanovning ta’kidlaşiça, YeOIIning beşta davlati örtasida mehnat muhojirlari böyiça kelişuv bor.
«Rossiya tomoni bugungi kunda uşbu şartnomaning 96-97-moddalarini buzib, mehnat muhojirlarining oila a’zolariga majburiy tibbiy yordam körsatişdan boş tortmoqda. Qirğiziston YeOII sudiga murojaat qildi, qaror ikki haftadan keyin çiqariladi. Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksey Overçuk Qirğizistonga kelganida biz ham bu masalani kötargan edik», - dedi u.

















