Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana 14 nafar bemor tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 185 nafarga yetdi
Sog‘aygan bemorlarning 10 nafari erkak, 4 nafari ayollardir
Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 14 nafari butkul sog‘aydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ular Sog‘liqni saqlash vaziri mas'ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Sog‘aygan bemorlarning 10 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 8 nafari poytaxtdan, 2 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlaridan. Bemorlardan uch nafari Rossiyadan charter reysda Toshkentga kelishgan. Qolgan 11 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiyani yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.
Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 185 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025