
– Ollobergan aka, siz butun faoliyatini yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşga yönaltirgan insonsiz va tajribangiz katta. Koronavirusga qarşi Özbekistonda keçayotgan kuraşda ham old safda böldingiz va ma'lum xulosalarga egasiz. Ayting-çi, bizdagi bemorlar bilan xorijdagi bemorlar örtasida kasallikning keçişi böyiça qanday tafovutlar bor?
– Bu kasallik irq, yoş, jins va hudud tanlamaydi. Koronavirus infeksiyasiga xos belgilar – isitma, yötal, nafas yetişmasligi bizning bemorlarda ham qayd etilmoqda. Diareya (iç ketişi) ham kam uçramaydigan alomatlardan. Yana boşqa alomatlar – hid va ta'm bilişning yöqolişi ham kasallikning boşlanişidayoq kuzatilmoqda. Umuman olganda, bizning hududdagi keçişi deyarli farq qilmaydi.
– Xudoga şukr, bizda ölim körsatkiçi juda past. Balki bu jihatdan yetakçilardan birimiz. Fikringizça, bunga erişişda asosiy omil nima bölmoqda?
– Buni bir emas bir neça omillarning yiğindisi deb bilaman. Hammamizga ma'lumki, bu infeksiya ayrim davlatlarda yuqori ölim körsatkiçlari bilan keçdi va keçmoqda. Kasallikning oğir asoratlaridan biri pnevmoniya(öpkaning yalliğlanişi)dir. Öpkada fibroz töqimaning şakllanişi nafas yetişmasligiga olib keladi. Pnevmoniyaning oğir şakllarida ölim xavfi oşadi.
Bemorlarni erta aniqlaş, ayniqsa muloqotdagilarni karantinga olib, kasallik belgilari paydo bölmasdanoq aniqlanib, şifoxonaga yotqizilişi, öz vaqtida JSST tavsiyalari asosida davolaş jarayonini boşlaş katta rol öynayapti. Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya tajribalaridan foydalaniş, zarur zamonaviy tibbiy davolaş-taşxislaş asbob-uskunalari, maxsus dori-darmonlar bilan ta'minlaniş, yetakçi tibbiy muassasalari mutaxassislarining jalb etilişi, Soğliqni saqlaş vazirligi (SSV) va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) hamkorligida yaratilgan va şifokorlarimizga qurol sifatida öz vaqtida yetkazib berilgan milliy qöllanma, davlatimiz tomonidan qisqa muddatda klinika taşkil qilinişi özining ijobiy samarasini bermoqda, deb bilaman.
Xalqimiz qilayotgan duolar, davlatga kömakçi bölgan homiylarning qöllab-quvvatlaşlari bemorlarning tuzalişiga, profilaktika çoralari infeksiya tarqalişining barham topişiga sabab böladi, degan umiddaman. Ilohim tez kunlarda bu kasallik tugatilib, Özbekistonda ötkazilayotgan tadbirlar özining samaradorligini körsatsin.
– Yangi kasallik bölgani va haddan ortiq ortiq muhokamalar bemorlarga psixologik ta'sir qilmadimi? Ularda tuşkunlik kuzatilganda, qanday çoralar körildi?

















