Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana uch nafar bemor sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 171 nafarga yetdi
Hozirga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 171 nafarga yetdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonalaridan bir nafardan, jami 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ular Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlardan bir nafari 6 yoshli qizaloq Nukus shahridan, yana bir nafari 33 yoshli erkak Andijon shahridan hamda yana bir nafar 46 yoshli ayol Namangan shahridan bo‘lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.
Hozirga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 171 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025