O‘zbekiston | 08:08 / 18.04.2020
4267
2 daqiqa o‘qiladi

Profilaktika tadbirlari davomida bolalarni MTTga qabul qilish uchun navbatga qo‘yish amalga oshirilmaydi

MTT faoliyati va bolalarni MTTga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalarni shakllantirish xizmati qayta boshlanishining sanasi haqida keyinroq xabar qilinishi aytilgan

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining ma'lum qilishicha, 2020 yil 16 martdan e'tiboran va profilaktika tadbirlari davomida bolalarni MTTga qabul qilish uchun navbatga qo‘yish amalga oshirilmaydi. 

Bildirilishicha, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi  hamda UZINFOCOM tashkilotiga 2020 yil 16 martdan respublikadagi profilaktika tadbirlari tugagunga qadar bolalarni MTTga qabul  qilish bo‘yicha yo‘llanmalarni shakllantirmaslik va qabul qilishni to‘xtatish yuzasidan xat jo‘natilgan. 

“Mazkur qaror koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, mamlakatda amalda bo‘lgan profilaktika choralari davomida tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilindi. Shuningdek, barcha MTT va “Yagona darcha” Davlat xizmatlari markazlari faoliyati to‘xtatildi. Shu bois, fuqarolar yuqoridagi choralar amal qilishi to‘xtaguncha MTTga yo‘llanma ololmaydi yoki ulardan foydalana olmaydi”, - deyiladi vazirlik xabarida. 

MTT faoliyati va bolalarni MTTga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalarni shakllantirish xizmati qayta boshlanishining sanasi haqida keyinroq xabar qilinishi aytilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid