Jamiyat | 23:40 / 18.04.2020
57218
3 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rahimxonning «Yurak amri» insonparvarlik loyihasi 3 mingdan ortiq oilaga yordam berdi

Sardor Rahimxon boshchiligida tashkil etilgan «Yurak amri» insonparvarlik loyihasi ham ko‘plab ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga ehsonlar yetib borishida sababchi bo‘lib kelmoqda. 

#YurakAmri xayriya-insonparvarlik loyihasi

Xayriya-insonparvarlik loyihasi davomida 3000ga yaqin oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

«Insoniyat boshiga, ayniqsa xalqimizning boshiga kelgan bu sinov davrida ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamni, bevalar, nogironligi borlarga yordam qilish maqsadida tashkil etilgan #Yurakamri loyihasi ham qanchadan-qancha oilalarga yordam qo‘lini cho‘zib, ularni duolarini olishmoqda.

Bu – siz yaxshilarning loyihangiz. Ayniqsa tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va sportchilardan faolroq bo‘lishingizni so‘rab qolamiz. Nima mahsulot bo‘lishidan qat'i nazar, ehtimol o‘sha mahsulot kimningdur og‘irini yengil qilar. Xohlasangiz o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz yoki mahsulotlarni topshirish jarayonida qatnashishingiz mumkin. Bizni faqat bir manfaat – Allohning roziligiga erishish birlashtiradi», – deydi loyiha tashkilotchisi Sardor Rahimxon «Ajr» telegram kanalidagi chiqishida.

Hozirda #YurakAmri loyihasi vakillari «O‘zeskposentr»da barcha dezinfeksiya qoidalariga amal qilgan holda ehsonlarni o‘z egalariga yetkazib bermoqda. Loyiha haqida qo‘shimcha ma'lumotlarni telegramdagi «Ajr_islom» kanalidan olish mumkin.

Quvonlarlisi shuki, xalq boshiga sinov kelganda, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar, nogironligi bor oilalar, kam ta'minlangan oilalar holidan xabar oladigan, ularga o‘z xolis xizmatlarini qilayotgan ana shunday qahramonlarimiz bor.

Yana bir muhim jihat shuki, xorijdagi ko‘plab vatandoshlarimiz ham o‘z yordamlarini ayashgani yo‘q. Ular o‘zi olisda bo‘lsa-da, yuragining bir parchasi bo‘lmish vatanidagi vatandoshlariga qo‘llaridan kelgancha yordam berishmoqda.

Plastik karta orqali pul tushirmoqchi bo‘lganlar uchun:
UzCard, PayMe, Click:
8600 3104 0422 0113

SberBank:
4276 3800 2920 3622

Naqd pul yoki oziq-ovqat yetkazib berish uchun homiylarga:
Tel +99890-908-44-46

Muhtoj oilalar uchun:
Tel +99893-398-82-88

Mavzuga oid