Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tibbiyot akademiyasidagi bemorlarning ilk guruhi sog‘aydi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida ilk bor 11 nafar bemor koronavirusdan to‘liq sog‘aygani haqida xabar qildi.
«Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar davolanayotgan shifoxonalarda tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida muolajalar olib borilmoqda. Bunda, malakali shifokorlar, shuningdek, pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi yetuk mutaxassislar bilan telemuloqot o‘rnatilgani ham davolash jarayonida o‘z samarasini beryapti.
Ayni sinovli damlarda haqiqiy vatanparvarlik namunasini ko‘rsatib, faoliyat yuritayotgan minglab shifokorlarimiz sa'y-harakatlarining mevasi esa sog‘aygan bemorlar quvonchida aks etmoqda.
Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan ilk bor koronavirus infeksiyasiga chalingan 11 bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelishgan bo‘lib, 7 nafari «Botanika» sanatoriysiga, qolgan 4 nafari esa O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgandi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga joylashtirilgan. Bemorlardan 7 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 4 nafari poytaxtimizdan, yana 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona va 1 nafari Andijon viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 51 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 23 yoshda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
19 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1495taga yetgan. Ayni paytga qadar koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 225 nafari to‘liq sog‘aydi, 5 kishi vafot etdi, 1265 bemor mazkur xastalikdan davolanishda davom etmoqda.
18 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasiga yotqizilgan bemorlardan biri vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:00 / 09.01.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasida navbatdagi ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasining tavsiya etilgan jurnallari maqomini oldi
18:15 / 29.10.2021
Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro olimpiada o‘tkazildi
20:06 / 16.08.2021
TTA magistratura mutaxassisligi yo‘nalishi uchun kirish imtihonlari:Shaffoflik va adolat bosh mezon
19:03 / 08.10.2020