Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1627taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 23 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 20 aprel soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1627 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.
O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.
19 aprel kuni zararlanish holatlari soni 75taga oshgandi. 20 aprel kuni hozircha 62 kishida virus aniqlandi.
Shu vaqtgacha 261 kishi kasallikdan sog‘aydi, 5 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025