Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noutbuk sumkasiga yashirilgan opiy fosh qilindi
Avtomashina salonidagi noutbuk sumkasida polietilen paketga o‘ralgan 202,7 gr.“opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi muntazam kurash olib borilmoqda – deya ma'lumot beriladi Bojxona qo‘mitasi xabarida.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida Chilonzor tumanida harakatlanib ketayotgan fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina salonidagi noutbuk sumkasida polietilen paketga o‘ralgan 202,7 gr.“opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash olib borilayotgan sinovli kunlarda, ushbu shaxs qonun-qoidalarni mensimasdan avtomashinani noqonuniy ravishda boshqarib, jinoyat sodir etganligi achinarlidir.
“Qilmish-qidirmish” deganlaridek, endi ushbu shaxs o‘z qing‘irliklari uchun qonun oldida javob beradi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026