Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari uchun belgilangan tartib takomillashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibining takomillashtirilishi hamda yaratilayotgan elektron tizim imkoniyatlaridan kelib chiqib, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari uchun belgilangan tartibotlarni takomillashtiriladi.
«Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, IIV ikki oy ichida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari uchun belgilangan tartibotlarni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi lozimligi belgilangan.
Bundan tashqari, IIV 2021 yil 1 yanvarga qadar shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani to‘g‘risidagi elektron ma'lumotlar bazasini yuritish tizimini yo‘lga qo‘yadi va ichki ishlar organlari tizimida mavjud hujjatlar va ma'lumotlarni fuqarolardan talab qilmaslik bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, bir oy muddatda prezident farmoni ijrosi yuzasidan fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlar asosida tizimli monitoring olib borish maqsadida o‘z veb-saytida tushgan murojaatlarning mazmuni barchaga ochiq bo‘lgan va ularni muhokama etish imkonini beradigan maxsus sahifa ishga tushirilishini ta'minlashi hamda zarurat bo‘lganda idoralararo ma'lumot almashinuvi tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
Hujjatda IIV manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy ichida pasport rejimini buzish holatlarini aniqlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi, vazirlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yangi farmonga muvofiqlashtirishi vazifa etib belgilangan.
Farmonda qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi bir hafta ichida «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlashi, bir oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni qonun hujjatlariga kiritish choralarini ko‘rishi lozim.
Mavzuga oid
15:58 / 21.04.2026
“Shaharlashuv darajasi pastligi – O‘zbekistonning ochilmagan potensiali” - Behzod Hoshimov
11:04 / 12.10.2025
“AQSh vizasini olishdan ham qiyinroq edi” – tarixga aylangan Toshkent propiskasi haqida
10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
21:33 / 12.07.2025