Davletov.uz kanali muallifi Qobil Xidirov Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov bilan ötkazgan suhbatni maroq bilan tomoşa qildim. Intervyuni tayyorlaş va ötkazişga juda professional jihatdan yondaşilgan. Intervyuda berilgan barça savollar turli forumlarda iqtisodçilar kötargan qizğin va dolzarb mavzularni qamrab olgan, savollar iyerarxiyasi töğri tanlangan va muloqot juda jonli bölgan.
Öz navbatida, Markaziy bank raisi Mamarizo Berdimuratoviçga ham alohida rahmat, çunki u kişi boşqalardan farqli ölaroq, iqtisodiy siyosatdagi öz fikrlari va tutgan siyosatini oçiqroq bölişgan.
Ana şu suhbat davomida kötarilgan mavzular yuzasidan iqtisodçi va tadbirkor sifatida bir qator fikrlar yuzaga keldi.
Markaziy bankning röy berayotgan hodisalar kölami, mamlakat iqtisodiyotiga bölayotgan oğir ta'sirini köra bila turib, 2018 yilda e'lon qilgan «inflatsiyani jilovlaş» oliy maqsadidan qaytiş niyati yöq. Boz ustiga, koronavirus Markaziy bank raisining ta'biri bilan aytganda, «ne bylo by sçastya, da nesçaste pomoglo» («baxsizlik bölmaganda, bu baxt bölmasdi») qabilidagi omil bölib, öylangan rejalardan köproq inflatsiya darajasi tuşişiga olib keldi.
Inflatsiyani jilovlaş uçun Markaziy bank turli yöllar bilan tijorat banklarining mamlakat taraqqiyoti uçun öta muhim bölgan investitsion loyihalarni kreditlaş qobiliyatini çeklamoqda:
- Tijorat banklarining 20 trln sömga yaqin miqdorda korxona va xususiy şaxslarning banklardan olgan kreditlari tölov muddatlari ortga surilgan. Boşqaça qilib aytganda, banklarning ana şu miqdordagi odatiy resurslari kamida 6 oy davomida aylanmada bölmaydi va pul bozorida umumiy investitsion mablağlarning resurslari bölib xizmat qila olmaydi;
- Banklarning ortiqça mablağlarini Markaziy bankka köproq jalb qiliş uçun tijorat banklaridan «overnight» va 7-14 kunlik depozitlar 14-15 foiz ustama tölov hisobiga depozitlarga jalb qilinmoqda. Demak, tijorat banklari kredit bermasalar ham depozitlar orqali qöşimça daromadlar olişi mumkin. Lekin tölanayotgan 14-15 foiz ustama Markaziy bankning qaysi daromadlari hisobidan bölyapti?
- Tijorat banklarining rezerv talablarini qayta körib çiqiş hisobiga yana qöşimça 2,6 trln söm «likvidlik darajasini oşiriş» qiyomi asosida pul aylanmasidan butunlay çetga çiqarilgan;
- Bundan taşqari, banklarning öz içki resurslari bölgan 30 trln sömga yaqin mablağlar Markaziy bank tavsiyalari asosida korxonalarga faqat aylanma mablağlar tarzida turli revolver kreditlar berişga qaratilişi belgilab qöyilgan. Ya'ni banklar özlarining içki resurslarini ham turli investitsion loyihalarni moliyalaştirişga qarata olmaydi.















