Davletov.uz kanali muallifi Qobil Xidirov Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi raisi Mamarizo Berdimuratoviç Nurmuratov bilan koronavirus pandemiyasi şaroitida bank tizimining barqaror faoliyat yuritişi, banklar tomonidan iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumşatiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar hamda valuta kursi, inflatsiya körsatkiçlari barqarorligi masalalarida suhbat uyuştirdi.
— Bu savol mendan emas, köp ming sonli bankirlar nomidan. Bilamiz, Markaziy bank budjet taşkiloti emas, qonunga köra regulyator barça xarajat va daromadlarida mustaqil. Karantin vaqtida va undan keyin xarajatlarni optimallaştirişni maqsad qilib Markaziy bank xodimlari maoşlarini kamaytiriş közda tutilmayaptimi? Va umuman, sizningça, bu borada, xususan Markaziy bank prudensial nazorati ostidagi tijorat taşkilotlariga maoşlarni kamaytiriş borasida qandaydir oğzaki, norasmiy yoki rasmiy topşiriq yoki bosim ötkazilmaydimi? Iqtisodçi sifatida ham fikringizni bilmoqçiman, maoşlarni yoppasiga kamaytiriş iqtisodiyotga foyda beradimi yoki ziyon?
— Yöq, budjet xodimlarining oyligini qisqartiriş – masalaning yeçimi emas. E'tibor bergan bölsangiz, boşqa davlatlardan farqli ölaroq inqirozga qarşi kuraşiş bizda budjetdan taşqari inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi hisobidan amalga oşirilyapti. Öz-özidan budjetga ta'siri bölmaydi, budjetga oğirligi yöq. Ya'ni qilinadigan barça qöşimça xarajatlar jamğarmadan qilinadi. Dasturimiz şunisi bilan boşqa davlatlardagi dasturlardan nisbatan farq qiladi.
Ya'ni agar biz hozir budjetdagi bor daromadni favqulodda paydo böladigan xarajatlarga sarflaydigan bölsak, unda qaysidir xarajatni qisqartiriş masalasi qöyilişi mumkin.
Lekin, menimça, hukumat ham bu narsaga borayotgani yöq. Oyliklar qanday bölsa, şundayligiça töliq saqlanib qoladi.
Bu suhbatimiz boşida aytib ötganimizdek, talabni belgilovçi omil. Odamlar özi qiynalyapti, majburiy ta'tilda ötirib, faoliyatini çeklab. Şunday şaroitda hukumat bunday çora qöllaş niyati ham yöq, xayolida ham yöq.
Endi bevosita bank tizimiga keladigan bölsak, bank tizimini muvofiqlaştiruvçi organ sifatida, xodimlarning oyliklari nuqtayi nazaridan emas, xarajatlari nuqtayi nazaridan qaraymiz. Agar oladigan daromadlari kelgusida oladigan daromadlarini hisobga olgan taqdirda ham xarajatlarini qoplamaydigan bölsa, zararga ketadigan bölsa, bank kengaşiga xarajatlarni optimallaştiriş böyiça körsatma berişimiz mumkin. Bunda biz oylikmi yoki boşqa xarajatlarni qisqartirişni bankning özi hal qiladi. Biz umumiy xarajatlarni nazarda tutamiz. Bank faoliyati uning kapitalini kamaytirişga, ya'ni zararini kapitali hisobidan qoplaşga olib kelmasligi kerak.

















