Jahon | 19:31 / 22.04.2020
5094
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada JSST avtomobiliga hujum qilindi

Myanmada noma'lum kimsalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti avtomobiliga hujum qildi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan.

Foto: Reuters

Bu haqda BMT bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik xabar qilgan.

Uning ta'kidlashicha, hujum Rakhayn shtatida 20 aprelda sodir etilgan. Avtomobil koronavirusni aniqlash uchun namunalarni olib ketayotgan bo‘lgan.

Hujum oqibatida avtomobil haydovchisi va JSST xodimi halok bo‘lgan,  mahalliy amaldor yaralangan.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish hujumni qoralab, voqeani to‘liq va ochiq-oydin tergov qilishga va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirgan.

Myanma qurolli kuchlari va “Arakan rohingyalarini qutqarish armiyasi” hujumga aloqador emasliklarini ma'lum qilishgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid