Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensionerlarning bank kartasiga SMS-xabarnoma xizmati ham faollashtirib beriladi
Xalq banki xodimlari pensionerlarga bank kartalarini tarqatayotgan vaqtda, SMS-xabarnoma xizmati ham faollashtirib beriladi.
Bu haqda Markaziy bank departament direktori o‘rinbosari Akmal Nazarov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Hozir pensiya to‘lovlarini bank kartalari orqali to‘lanishiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bunda karantin talablari va pensionerlarning imkoniyatlarini hisobga olishga e'tibor qaratilmoqda.
Shuning uchun Xalq bankining mas'ul xodimlari tomonidan bank kartalari ularning egalariga yashash manzillari bo‘yicha yetkazib berilgan vaqtda sms-xabarnoma xizmati ham faollashtirib beriladi», – dedi Nazarov 22 aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.
Markaziy bank rasmiysining aytishicha, bu jarayonda fuqarodan faqat o‘sha yerning o‘zida ariza yozib berish talab etiladi. Bank xodimlarining bank kartalarini yetkazish va sms-xabarnoma xizmatini yoqish xizmatlarini bajarishda sanitar qoidalariga to‘liq rioya etishlari qat'iy nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 14 apreldagi qarori bilan, may oyidan boshlab pensiya va nafaqalar to‘liqligicha plastik kartalarga o‘tkaziladi.
Pensiya va nafaqalarni to‘liqligicha bank plastik kartalari orqali amalga oshirish tartibi quyidagi muddatlarda yo‘lga qo‘yiladi:
- 2020 yilning may oyidan – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun;
- 2020 yilning iyun oyidan – respublikaning barcha hududlaridagi fuqarolar uchun.
Plastik kartalar pensionerlarga bepul ochib beriladi va ularning plastik kartalaridagi operatsiyalar uchun komission to‘lov undirmaydi.
Mavzuga oid
14:30 / 06.06.2026
Mobil telefon raqami orqali tezkor pul o‘tkazish tizimi ishga tushadi. U qanday ishlaydi?
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026