Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi kurash uchun 500 mln dollar xayriya qiladi
G20 guruhining amaldagi raisi hisoblanadigan Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi kurash doirasidagi xalqaro sa'y-harakatlarga 500 million AQSh dollari ajratishini e'lon qildi. Ushbu xayriya mablag‘i ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarning favqulodda holatlardagi imkoniyatlarini mustahkamlashi va tayyorgarligini oshirishiga xizmat qiladi, deb hisoblanmoqda.
Saudiya Arabistoni xayriya mablag‘ini Ikki muqaddas masjid xodimi Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud raisligida G20 guruhiga kiruvchi mamlakatlarning o‘tgan mart oyida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sammitida erishilgan kelishuvlardan kelib chiqqan holda ajratmoqda.
Podshohlik ajratayotgan 500 mln. AQSh dollaridan 150 mln. AQSh dollari Vaboga tayyorgarlik innovatsiyalari koalitsiyasi (Coalition for Epidemic Preparedness Innovations), 150 mln. AQSh dollari Zardoblar va immunizatsiya xalqaro koalitsiyasi (Gavi, The Vaccine Alliance) va 200 mln. AQSh dollari boshqa sog‘liqni saqlashga ixtisoslashgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar va dasturlarga taqdim etiladi.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni barcha mamlakatlar, nohukumat tashkilotlari, xayriya muassasalari va xususiy sektorni koronavirusga qarshi kurash doirasidagi xalqaro sa'y–harakatlarga zarur moliyaviy ko‘mak berishga chaqirdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mazkur sa'y–harakatlar amalga oshirilishiga 8 mlrd. AQSh dollari talab etiladi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026