Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialiga talabalarni qabul qilish kvotasi 345 nafar etib belgilanadi
2020/2021 o‘quv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi
2020/2021 o‘quv yilida Filialga talabalarni qabul qilish kvotasi 345 nafar etib belgilanadi.
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining
Toshkent shahridagi filialiga 2020/2021 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilish
KVOTASI

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bo‘linmasi (keyinchalik - HTB) bitiruvchilarini Filialga maqsadli qabul qilish, HTB bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan alohida tanlov natijalari bo‘yicha qabul qilish orqali amalga oshiriladi. HTB bitiruvchilaridan maqsadli qabul qilinmaganlar, Filialga kirish uchun umumiy talablar bo‘yicha imtihon topshirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bilan birgalikda Filialga 2020/2021 o‘quv yilida kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni o‘rnatilgan tartibda bajarilishini ta'minlaydi.
Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati hamda Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklanadi.
Mavzuga oid
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
11:21 / 13.03.2026
Norfolkdagi universitetda otishma: FTB hujumchini IShID tarafdori deb atadi
15:45 / 11.03.2026
Xorijiy OTMga kirish uchun IELTS’dan necha ball olish kerak?
08:38 / 05.03.2026