Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond o‘z faoliyatini 5 ming ayolga moddiy yordam berishdan boshladi
O‘zbekistonda ochilgan Zamin xalqaro fondi mamlakatdagi yordamga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun 5 mlrd so‘m mablag‘ ajratdi.

Ziroat Mirziyoyeva
Karantin sababli qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayollarga yordam berish tashabbusi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond vasiylik kengashi tomonidan ilgari surilgan.
Ma'lum qilinishicha, Zamin fondi faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalarga qaratilgan. Xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish, eshitish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta'limini rivojlantirish, ijtimoiy sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Ammo hozirgi vaziyat o‘z hukmini o‘tkazmoqda.
«Bugun ko‘mak berishning ayni vaqti ekanini anglagan holda, fond vasiylik kengashi a'zolari xayrli ishga hissa qo‘shishga qaror qildilar.
Shu bois loyihalarga jalb qilingan mablag‘lar og‘ir ahvolda qolgan ayollar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Besh milliard so‘m miqdoridagi xayriya mablag‘i O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yordamga muhtoj besh ming nafar ayolga yo‘naltirildi», – deyiladi fond xabarida.
«Xavfsiz va o‘z vaqtida berilgan ushbu yordam qiyin kunlarda umidsizlikka tushib qolganlarga umid baxsh etsin, mehr va muruvvat oyi bo‘lmish muqaddas Ramazon oyida ularning oilalari va yaqinlariga iliqlik, quvonch va tabassum hadya qilsin», — deya izoh berdi fond vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi hukm surayotgan bir vaziyatda muhtojlarga yordam va muruvvat ko‘rsatish har qachongidan ham ko‘proq ahamiyat kasb etib, O‘zbekiston xalqini yanada jipslashtirish va barcha sinovlardan yorug‘ yuz bilan o‘tish imkonini beradi.
«Faqat shu tarzda, mehr-oqibatli odamlarning ko‘magida, birgalikda va hamjihatlik bilangina qiyinchiliklarni yenga olamiz», deyiladi fond axborotida.
Ma'lumot uchun, Zamin xalqaro jamoat fondiga nodavlat notijorat tashkiloti sifatida O‘zbekistonda asos solingan. Fondning maqsadi — mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish va aholi turmush darajasini oshirish.
Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya badallari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning grantlari – fond mablag‘ini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi.
Fond faoliyati haqida batafsil ma'lumotni www.zaminfoundation.ngo rasmiy veb-saytidan olish mumkin.
Tavsiya etamiz
Qozog‘istonda hashamat solig‘i, Afg‘onistonda qimmat internet va Turkmanistonda taqchil yog‘ - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 12:43 / 02.03.2025
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi
Jahon | 23:25 / 02.03.2025
-
Shimoliy yarimshardagi jazirama va qurg‘oqchilik olimlarni tashvishga solmoqda
Jahon | 22:42 / 02.03.2025
-
Yevropa AQSh va NATOsiz omon qoladimi?
Jahon | 22:30 / 02.03.2025
-
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishda yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi
Jahon | 22:26 / 02.03.2025
Mavzuga oid

22:31 / 28.02.2025
Ziroat Mirziyoyeva International inclusive hub faoliyati bilan tanishdi

07:52 / 13.11.2024
Ziroat Mirziyoyeva COP29'da O‘zbekiston milliy pavilioni bilan tanishdi

20:10 / 12.11.2024
Ziroat Mirziyoyeva Bokuda yoshlarning iqlimga oid tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

17:54 / 16.10.2024