Yerlarning tanazzulga uçraşi insoniyatning eng jiddiy ekologik muammolaridan biri bölib, undan yer yuzidagi quruqlikning 40 foizi va 3,2 milliard kişi aziyat çekmoqda. Bu haqda «Zamin» fondi kömagida «Ona Yer nidosi» hujjatli filmi suratga olindi, uni fondning YouTube kanalida tomoşa qiliş mumkin.

Qayd qilinişiça, Markaziy Osiyoda umumiy yer maydonining qariyb 37 foizi degradatsiyaga uçragan bölib, bu oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslari va iqlim barqarorligiga salbiy ta’sir körsatmoqda. Özbekistonda bu körsatkiç 26 foizga yetgan: şörlaniş darajasi ortmoqda, tuproqdagi gumus miqdori va qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligi kamaymoqda.

«Ona Yer nidosi» hujjatli filmi 4 dekabr kuni Butunjahon tuproq kuniga bağişlangan xalqaro tadbirlar doirasida Italiyadagi FAO boş qarorgohida ilk bor jamoatçilikka namoyiş etildi.

Özbekistonda uşbu filmning premerasi Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti hamda Davlat agrar universitetida bölib ötdi. Bu film kamdan-kam hollarda kadrda körinadigan, ammo har kuni yer bilan işlaydigan odamlar — fermerlar, agronomlar, olimlar haqida.

«Zamin» fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva talabalar bilan samimiy suhbatda tuproq degradatsiyasi muammolarini muhokama qildi, bölajak mutaxassislarning ğoya va takliflarini diqqat bilan tinglab, ekologik jarayonlar mintaqaning oziq-ovqat xavfsizligi uçun qançalik xavfli ekanini ta’kidladi.

Ziroat Mirziyoyeva eko-maktab öquvçilari va talabalar bilan birgalikda tuproqning qadr-qimmati, uni dehqonlarning köp asrlik tajribasi, barqaror amaliyotlar va ilğor texnologiyalarni uyğunlaştiriş orqali asrab-avaylaş böyiça fermer va olimlarning sa’y-harakatlari haqidagi hujjatli filmni tomoşa qildi.