Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ziroat Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi
Ekspertlar O‘zbekiston Birinchi xonimining bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tashabbuslarini ilgari surish, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha global harakatni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasini e’tirof etdi.
Foto: "Zamin" xalqaro jamoat fondi
OncoDaily xalqaro platformasi saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha jahon kun tartibini belgilovchi yetakchilarni o‘z ichiga olgan «Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol» reytingini e’lon qildi.
Ular orasida O‘zbekiston Birinchi xonimi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham bor.
Ekspertlar Ziroat Mirziyoyevaning bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tashabbuslarini ilgari surish, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha global harakatni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasini e’tirof etdi.
«Ziroat Mirziyoyeva 2025 yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va St.Jude tadqiqot shifoxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat» nomli muhim forumga raislik qildi hamda jahon hamjamiyatini saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.
Uning faoliyatida butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa yashovchanlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada past bo‘lgan mamlakatlarda bolalarga tibbiy yordamdan teng foydalanishni ta’minlash masalalari alohida o‘rin egallaydi. U milliy strategiyalarni 2030 yilga borib saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini 60 foizga yetkazishdek xalqaro maqsadlar bilan bog‘lash orqali O‘zbekistonning global sog‘liqni saqlash siyosatidagi o‘rnini mustahkamladi», deyiladi reytingda.
Ziroat Mirziyoyevaning xalqaro reytingga kiritilishi uning yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashni milliy va global darajada kuchaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasining e’tirofi, shu bilan birga, Yangi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligining tasdig‘idir.
Mavzuga oid
11:03 / 29.11.2025
"Bu navbatdagi biznes reja": Shifokorlar va bemorlar Toshkent onkologiya kasalxonasi tugatilayotganidan norozi
10:04 / 25.09.2025
Ziroat Mirziyoyeva: ikki milliarddan ziyod bolalar yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfi ostida yoki ulardan aziyat chekmoqda
15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
17:42 / 02.04.2025