O‘zbekiston | 08:07 / 24.04.2020
4328
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus natijasida faoliyatiga zarar yetgan tadbirkorlar bosh vazir qabulxonasiga murojaat qilishi mumkin

Hozirga qadar murojaatlarning 80 foizi qanoatlantirilgan, qolgan qismiga huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilgan

Foto: O‘zA

Koronavirus natijasida biznesi zarar ko‘rgan tadbirkorlar bosh vazir qabulxonasiga murojaat qilishi mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi, AOKA, Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil qilingan telegram kanalda xabar qilindi.

“Agar siz ham koronavirus pandemiyasi natijasida tadbirkorlik faoliyatingizda zarar ko‘rayotgan bo‘lsangiz, Toshkent shahridagi bosh vazir qabulxonasining 11-00 ishonch telefoniga yoki business.gov.uz yagona interaktiv portaliga yoxud shtabning (95) 144-27-00 telefoniga murojaat qilishingiz mumkin”, - deyiladi ma'lumotda.

Bildirilishicha, Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi  tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rayotgan tadbirkorlar va ishbilarmonlarning 538 ta murojaatlari ko‘rib chiqildi.
                                                                                            
Bular asosan:

52 ta bank krediti va lizing to‘lovlari muddatini uzaytirish;
347 ta avtotransport harakati uchun maxsus ruxsatnoma olish;
45 ta soliq, ijara va kommunal to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar;
17 ta eksport-importga oid masalalar;
77 ta boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.

Ushbu murojaatlarning aksariyati (80 foizi) qanoatlantirilgani, qolgan qismiga huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilgani aytiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid