Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: xorijiy hamkorlar O‘zbekistonga 3 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratadi
Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Xalqaro moliya institutlari (XMI) O‘zbekistonga umumiy qiymati 3 mlrd dollardan ortiq uzoq muddatli imtiyozli kreditlar va grantlarni taqdim etishga tayyor. Ular bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Norma’ning yozishicha, tegishli «Yo‘l xaritasi»da mablag‘lar sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash (277,5 mln dollar), tadbirkorlik va bank tizimini (700 mln dollar), davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash (1,7 mlrd dollar, 150 mln yevro), kommunal va energetika korxonalarining bir maromda ishlashini ta'minlashga (300 mln dollar) yo‘naltiriladi.
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish doirasida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:
respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatini tubdan modernizatsiya qilish, xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyotlarga muvofiq texnik jihozlash va mutaxassislarni tayyorlash;
xalqaro standartlarga muvofiq jihozlangan hududiy sanitariya-epidemiologiya laboratoriyalarini tashkil qilish;
sanitariya-epidemiologiya xizmatining barcha bo‘g‘inlarida ishlashga malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilish;
yuqumli kasalliklarni ilg‘or kompyuter texnologiyalari va teletibbiyot usullaridan foydalangan holda eng avvalo, bolalar va onalarni davolash uchun zamonaviy klinikalar yaratish va jihozlash.
Quyidagilar mas'ul ijro etuvchi agentliklar etib belgilandi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi – sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini mustahkamlash uchun jalb qilinayotgan XMIning qarz mablag‘larini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan;
Energetika vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi – Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa XMIning tegishincha energetika va kommunal sohalaridagi korxonalar aylanma mablag‘larini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan qarz mablag‘larini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan;
Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi – budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun XMI qarzlarini jadal jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi – meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun XMI tomonidan taqdim etilayotgan kredit liniyalarini o‘z vaqtida jalb qilish va jadal o‘zlashtirish yuzasidan.
Ularga (moliyalashtiruvchi XMI bilan kelishilgan holda) tender savdolari va xaridlarni o‘tkazmasdan BMT tashkilotlarining global platformalari orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat etildi.
«Yo‘l xaritasi»dagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boshchiligida shakllantirilgan muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga yuklatildi.
Hujjat 23.04.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026